Haydovchi Toshkentda BMW sport mototsiklida soatiga 310 km tezlikda harakatlanib, bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda video joylashtirdi. U tezlikni oshirgani uchun jarimaga tortildi.
Toshkent-Samarqand yo‘lida avtomobilini 195 km/soat tezlikda boshqarib, yo‘l harakati qoidasini buzgan xonanda Jahongir Otajonov 3 mln 375 ming so‘m jarimaga tortildi. Yo‘lda telefondan foydalangani uchun esa 1 mln 125 ming so‘m jarima belgilandi.
Toshkent shahrida mashinasida soatiga 110 km/soat tezlikda harakatlangan Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 3 mln 60 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Poytaxtda qariyb 50 foiz avariya tezlikni oshirish tufayli sodir bo‘ladi. Ko‘plab davlatlarda shaharlarda tezlik chegarasi 50 km/soatni tashkil qiladi. Biroq toshkentlik deputatlar bu chora samaradorligiga shubha qilmoqda. Muhokamalarda: «70 — shusiz ham past tezlik» ekanligi, «hech narsa o‘zgarmasligi» aytildi.
“Adolat” partiyasi fraksiyasi tezlikni oshirganlik uchun jarimani kamaytirishni taklif qildi. Jamoatchilik va ekspertlar haydovchilar uchun qulaylikdan ko‘ra, inson hayoti qadrining ustuvorligini eslatib, qarshi fikrlarni bildirishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting